“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Nuriddinov Xojiakbar Djalalitdinovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 21 yillik ish tajribasiga ega. Mehnat faoliyatini esa 2003-yilda Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi sifatida boshlagan va bu dargohda 2004-yilgacha hamda keyinchalik 2007–2009-yillarda ishlagan. Oradagi 2005–2006-yillarda Alisher Navoiy nomli nafis san’at litseyida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritgan.
2009-yildan boshlab uning faoliyati Toshkent islom universiteti bilan bog'lanadi. Dastlab, 2009–2012-yillarda "Sharq tillari" kafedrasi kabinet mudiri, so'ngra 2012–2013-yillarda Islom tarixi va falsafasi fakulteti nazoratchisi vazifalarida mehnat qilgan. 2013-yildan boshlab ma'muriy rahbarlik lavozimlariga o'tib, to 2019-yilgacha Islom tarixi va falsafasi fakulteti dekani o‘rinbosari sifatida ishlagan.
2019–2022-yillarda esa "Arab tili va adabiyoti al-Azhar" kafedrasi o‘qituvchisi lavozimlarida pedagogik faoliyat olib borgan. 2022-yildan e'tiboran yana rahbarlik yo'nalishiga qaytib, 2022–2024-yillarda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetida dekan o‘rinbosari vazifasini bajargan. 2024-2026 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasida katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.
2025-hozirgi kungacha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Аrab tili va adabiyoti al-Аzhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu kunga qadar X. Nuriddinov 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor arab tilini o‘qitish uslublari, arab leksikologiyasini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
X. Nuriddinov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, X. Nuriddinov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilingan.
21 yildan ortiq pedagogik va akademik tajribaga ega. Faoliyati davomida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, litsey hamda oliy ta’lim tizimida o‘qituvchi, kabinet mudiri, fakultet nazoratchisi, dekan o‘rinbosari va katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan. Arab tilini o‘qitish metodikasi, arab leksikologiyasi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash yo‘nalishlarida samarali faoliyat olib bormoqda. Ilmiy-uslubiy ishlar muallifi sifatida darslik, o‘quv qo‘llanmalar va ko‘plab ilmiy maqolalar chop ettirgan hamda bakalavr bitiruv malakaviy ishlariga ilmiy rahbarlik qilgan.
Arab tili, Rus tili, Ingliz tili